Foydalanish qoidalari
2026-yil 21-noyabrdagi tahrir
Pricee: mahsulot va xizmatlar narx ro'yxatini bitta havolada e'lon qilish xizmati. Saytdan foydalanib, shu qoidalarga rozilik bildirasiz.
Sahifa uchun kim javob beradi
- Pricelistdagi tovar, xizmat, narx va rasmlar uchun uni joylagan odam javob beradi.
- Pricee savdoda ishtirok etmaydi: to'lov, yetkazib berish va kafolat sotuvchi bilan mijoz o'rtasidagi ish.
Nima taqiqlanadi
- Firibgarlik: oldindan pul olib tovar bermaslik, mavjud bo'lmagan tovar yoki soxta narx, boshqa do'kon yoki brend nomidan chiqish.
- O'zbekiston qonunlari bilan taqiqlangan yoki ruxsatnomasiz sotib bo'lmaydigan tovar va xizmatlar: giyohvand va psixotrop moddalar, qurol va o'q-dorilar, o'g'irlangan narsalar, soxta hujjatlar.
- Qimor va pul tikish, kattalar uchun (18+) kontent.
- Boshqa odamning rasmi, matni yoki tovar belgisini ruxsatsiz ishlatish.
- Haqorat, kamsitish va zo'ravonlikka chaqiruv.
- Boshqa odamlarning shaxsiy ma'lumotlarini ularning roziligisiz joylash.
Shikoyat va bloklash
- Qoidabuzar sahifani ko'rsangiz, sahifa ostidagi «Shikoyat qilish» ni bosing va sababni tanlang. Kim shikoyat qilganini sahifa egasi ko'rmaydi.
- Qoidani buzgan sahifa ogohlantirishsiz bloklanadi: mijozlar uni ko'ra olmaydi, egasi kabinetda xabarni ko'radi.
- Qarorga e'tirozingiz bo'lsa, @priceeuz_bot ga yozing: xabaringiz adminga yetadi, javob shu bot orqali keladi.
Ma'lumotlaringiz
- Kirish uchun Telegramdagi ismingiz, username va ID raqamingiz saqlanadi. Telefon raqamingiz va parol so'ralmaydi.
- Siz kiritgan pricelistlar va rasmlar saqlanadi. Ular ochiq: havolasi bor har kim ko'ra oladi.
- Kirganingizni eslab qolish uchun bitta cookie ishlatiladi. Reklama va kuzatuv kodlari yo'q.
- Ma'lumotlaringiz boshqalarga berilmaydi, qonunda ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno.
- Pricelistni kabinetdan istalgan vaqtda o'chira olasiz. Hisobni butunlay o'chirish uchun @priceeuz_bot ga yozing. Zaxira nusxalar 14 kun saqlanadi, keyin o'chadi.
O'zgarishlar
Qoidalar o'zgarishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi.